Marshrut sxemasi
Ipak yo'li klassikasi bir haftaga sig'adi: Toshkent (2 kun) → Samarqand (2 kun) → Buxoro (2 kun) → Xiva (1 kun). Shaharlar orasida — «Afrosiyob» tezyurar poyezdi (chiptalar haqida alohida maqola).
1–2-kunlar: Toshkent
Chorsu, Hazrati Imom, metro-muzey, osh markazi, kechki Toshkent Siti — tayyor marshrutimiz bo'yicha. Markazda tunang: Hostella — 70 000 so'mdan.
3–4-kunlar: Samarqand
«Afrosiyob» 2s10d da yetkazadi. Registon (kechqurun!), Shohi Zinda tongda, Go'ri Amir, Ulug'bek rasadxonasi.
5–6-kunlar: Buxoro
Yana 1,5 soat poyezdda. Labi Hovuz, Kalon minorasi, Ark qal'asi, savdo gumbazlari.
7-kun: Xiva
Ichan-Qal'a — loy devorlar ichidagi shahar-muzey. Uyga — Urganchdan uchasiz.
Haftalik byudjet
- Poyezdlar: ~500–700 000 so'm
- Yashash: hostellar 70–150 000 so'm/kecha
- Ovqat: 100–150 000 so'm/kun



